Mazkur Maxfiylik siyosati (keyingi o'rinlarda – Siyosat) Foydalanuvchi kelishuviga ilova bo'lib, Foydalanuvchi MyID mobil ilovasidan (keyingi o'rinlarda – Ilova) foydalanish paytida "Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM" MCHJ (keyingi o'rinlarda – UZINFOCOM) tomonidan uning shaxsiy ma'lumotlariga nisbatan qo'llaniladi.
Ilovani ishlatishdan oldin Foydalanuvchi, Foydalanuvchi kelishuvining shartlari bilan tanishishi bilan birga, mazkur Siyosat shartlari bilan tanishishi kerak.
UZINFOCOM Foydalanuvchi tomonidan shaxsiy ma'lumotlarning uchinchi shaxsga berishi oqibatlari uchun javobgar emas, agar bu berish holati uchinchi tomonning axborot resursida amalga oshirilgan bo'lsa.
Ilovadan foydalanish Foydalanuvchining ushbu siyosatga hamda Foydalanuvchining mobil qurilmasidan va tashqi axborot resurslaridan olingan shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash shartlariga Foydalanuvchi so'zsiz roziligini anglatadi.
Ushbu Siyosat shartlari bilan rozi bo'lmagan taqdirda, Foydalanuvchi kelishuvining shartlariga roziligidan qat'iy nazar, Foydalanuvchi Ilovani ishlatishdan voz kechishi kerak.
Ushbu Siyosatda atamalar va ta'riflar 1-bobga muvofiq Foydalanuvchi kelishuvi asosida qo'llaniladi.
Ilovaning funktsional maqsadiga muvofiq, quyidagi Foydalanuvchi ma'lumotlari avtomatik ravishda qayta ishlanadi:
a) Ilovada ro'yxatdan o'tishda Foydalanuvchi o'zi haqida mustaqil ravishda taqdim etadigan shaxsiy ma'lumotlar:
pasportning seriyasi va raqami ёки ID karta raqami;
tug'ilgan sana;
mobil telefon raqami;
b) vakolatli davlat organlarining axborot tizimlariga so'rov yuborish orqali olingan shaxsiy ma'lumotlar:
raqamli fotoportret;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
pasportning seriyasi va raqami ёки ID karta raqami;
tug'ilgan sana;
ID karta yoki pasport berilgan sana;
ID karta yoki pasportning amal qilish muddati;
davlat tilida familiyasi, ismi, otasining ismi (lotin);
ingliz tilida familiyasi, ismi;
jinsi;
pasport yoki ID karta berilgan joy;
hayot statusi;
tug'ilgan davlat;
tug'ilgan joy;
millati;
fuqaroligi;
yashash joyida ro'yxatdan o'tganligi to'g'risidagi ma'lumotlar;
soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
c) Foydalanuvchi tomonidan Ilovadan foydalanish jarayonida avtomatik ravishda UZINFOCOMga yuboriladigan ma'lumotlar:
Foydalanuvchi mobil qurilmasi haqidagi ma'lumotlar, masalan, mobil qurilmaning modeli, mobil qurilmaning operatsion tizimining versiyasi, mobil qurilmaning unikal identifikatorlari, shuningdek mobil tarmoq tog’risidagi ma'lumotlar;
Ilovadan foydalanishda, shu jumladan Ilovani o'rnatish va o'chirishda, Ilovaga o'tish amalga oshirilgan axborot resursining manzili, identifikatsiya qilish va autentifikatsiya qilish uchun amalga oshirilgan harakatlarning turi va holati (muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz), amalga oshirilgan harakatlar sanasi va vaqti, shuningdek Foydalanuvchi to'g'risidagi ma'lumotlar, ilovadan foydalanish bilan bog'liq boshqa ma'lumotlar.
Ilova Foydalanuvchining roziligi bilan tashqi axborot tizimiga (veb-sayt, mobil ilova va boshqalar) Foydalanuvchi to'g'risidagi ma'lumotlarni yuboradi.
Foydalanuvchining barcha shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash Ilova tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash, foydalanuvchilarga Ilova bilan integratsiyalashgan axborot resurslariga kirishga ruxsat etilgan huquqini olish uchun, tuzilgan Foydalanuvchi kelishuvi doirasida amalga oshiriladi, shu jumladan:
Foydalanuvchini haqiqiy identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish jarayonlarini ta'minlash;
Ilovadan foydalangan holda qonun va ushbu Siyosat talablariga zid bo'lgan harakatlarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni aniqlash va (yoki) oldini olish;
Ilovaning sifati va qulayligini oshirish;
Foydalanuvchining shaxsini tekshirish jarayonining xavfsizligi va ishonchliligini ta'minlash;
anonim ma'lumotlar asosida statistik va boshqa tadqiqotlar o'tkazish.
Shaxsiy ma'lumotlarni saqlash ushbu Maxfiylik siyosatida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo'lgan muddat davomida amalga oshiriladi.
Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni va shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
UZINFOCOM Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish va maxfiyligini ta'minlash uchun zarur tashkiliy va texnik choralarni ko'radi.
Ilova tomonidan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash faqat Foydalanuvchi rozi bo'lgan taqdirda amalga oshiriladi. Shuni inobatga olish kerakki, aks holda, Ilovadan foydalanish mumkin emas.
UZINFOCOM Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini quyidagi holatlarda uchinchi shaxslarga taqdim etiladi (kerakli miqdorda):
agar Foydalanuvchi bunday harakatlarga rozilik bildirgan bo'lsa;
Foydalanuvchining roziligi bilan Ilova bilan integratsiyalashgan axborot resursiga autentifikatsiya statusi va foydalanuvchining kerakli shaxsiy ma'lumotlari to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etadi;
agar taqdim etish sud qaroriga binoan zarur bo'lsa yoki O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo'lsa.
Ilovada Foydalanuvchiga tashqi axborot resurslariga uning shaxsiy ma'lumotlarini (Foydalanuvchining roziligi asosida) uzatish haqida quyidagi ma'lumotlar taqdim etiladi:
Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari taqdim etilgan axborot resursining nomi;
tashkilot - axborot resursining egasi;
Foydalanuvchining uzatilgan shaxsiy ma'lumotlari ro'yxati.
Foydalanuvchi ko'rsatilgan axborot resursiga qayta murojaat qilganda, Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari so’rovsiz shaklda taqdim etiladi.
Foydalanuvchi har qanday axborot manbasini Ro'yxatdan chiqarib tashlash huquqiga ega, bunda, Foydalanuvchi chiqarib tashlangan axborot resursiga keyingi safar murojaat qilganida, Foydalanuvchiga tegishli ma'lumot manbai tomonidan shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga rozilik so'rovi qayta yuboriladi.
UZINFOCOM o'z xohishiga ko'ra foydalanuvchining roziligisiz ushbu Siyosatga o'zgartirishlar kiritish huquqiga ega, shu jumladan, cheklanmagan tarzda, agar bunday o'zgarishlar shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash va Ilovadan foydalanish tartibini tartibga soluvchi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi o'zgarishlar tufayli yuzaga kelgan bo'lsa. O'zgarishlar Ilovada joylashtirilganidan uch kun o’tgach, Siyosatning oldingi talqini o’z kuchini yo'qotishi bilan kuchga kiradi.
O'zgartirishlar bilan rozi bo'lmagan taqdirda, Foydalanuvchi Ilovadan har qanday foydalanishni to'xtatishi kerak.