Maxfiylik siyosati

1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda – Siyosat) Foydalanuvchi kelishuviga ilova bo‘lib, Foydalanuvchi MyID Servisidan (keyingi o‘rinlarda – Servis) foydalanish paytida “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM” MCHJ (keyingi o‘rinlarda – UZINFOCOM) tomonidan uning shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan qo‘llaniladi.

1.2. Servisni ishlatishdan oldin Foydalanuvchi, Foydalanish Kelishuvining shartlari bilan tanishishi bilan birga, mazkur Siyosat shartlari bilan tanishishi kerak.

1.3. UZINFOCOM Foydalanuvchi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarning uchinchi shaxsga berishi oqibatlari uchun javobgar emas, agar bu berish holati uchinchi tomonning axborot resursida amalga oshirilgan bo'lsa.

1.4. Servisdan foydalanish Foydalanuvchining ushbu siyosatga hamda Foydalanuvchining mobil qurilmasidan va tashqi axborot resurslaridan olingan shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash shartlariga Foydalanuvchi so‘zsiz roziligini anglatadi.

1.5. Ushbu Siyosat shartlari bilan rozi bo‘lmagan taqdirda, Foydalanuvchi kelishuvining shartlariga roziligidan qat’iy nazar, Foydalanuvchi Servisni ishlatishdan voz kechishi kerak.

1.6. Ushbu Siyosatda atamalar va ta’riflar 1-bobga muvofiq Foydalanuvchi kelishuvi asosida qo‘llaniladi.

2. Foydalanuvchining UZINFOCOM tomonidan qabul qilinadigan va qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlari tarkibi

2.1. Servisning funksional maqsadiga muvofiq, quyidagi Foydalanuvchi ma’lumotlari avtomatik ravishda qayta ishlanadi:

Servisda ro‘yxatdan o‘tishda Foydalanuvchi o‘zi haqida mustaqil ravishda taqdim etadigan shaxsiy ma’lumotlar:

pasportning seriyasi va raqami yoki ID karta raqami;

tug'ilgan sana;

mobil telefon raqami;

kaftlar tomirlarining rasmi

b) vakolatli davlat organlarining axborot tizimlariga so‘rov yuborish orqali olingan shaxsiy ma’lumotlar:

raqamli fotoportret;

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);

pasportning seriyasi va raqami yoki ID karta raqami;

tug'ilgan sana;

ID karta yoki pasport berilgan sana;

ID karta yoki pasportning amal qilish muddati;

davlat tilida familiyasi, ismi, otasining ismi (lotin);

ingliz tilida familiyasi, ismi;

jinsi;

pasport yoki ID karta berilgan joy;

hayot statusi;

tug'ilgan davlat;

tug'ilgan joy;

millati;

fuqaroligi;

yashash joyida ro'yxatdan o'tganligi to'g'risidagi ma'lumotlar;

c) Foydalanuvchi tomonidan Servisdan foydalanish jarayonida avtomatik ravishda UZINFOCOMga yuboriladigan ma’lumotlar

Foydalanuvchi qurilmasi haqidagi ma’lumotlar, masalan, qurilmaning modeli, operatsion tizimining versiyasi, qurilmaning unikal identifikatorlari, shuningdek tarmoq tog’risidagi ma’lumotlar;

Servisdan foydalanishda, shu jumladan Servisni o‘rnatish va o‘chirishda, Servisga o‘tish amalga oshirilgan axborot resursining manzili, identifikatsiya qilish va autentifikatsiya qilish uchun amalga oshirilgan harakatlarning turi va holati (muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz), amalga oshirilgan harakatlar sanasi va vaqti, shuningdek Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, Servisdan foydalanish bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar.

2.2. Servis Foydalanuvchining roziligi bilan tashqi axborot tizimiga (veb-sayt, mobil ilova va boshqalar) Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuboradi.

2.3. Foydalanuvchining barcha shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash Servis tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.

3. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlash maqsadlari

3.1. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash, foydalanuvchilarga Servis bilan integratsiyalashgan axborot resurslariga kirishga ruxsat etilgan huquqini olish uchun, tuzilgan Foydalanuvchi kelishuvi doirasida amalga oshiriladi, shu jumladan:

Foydalanuvchini haqiqiy identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish jarayonlarini ta’minlash;

Servisdan foydalangan holda qonun va ushbu Siyosat talablariga zid bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni aniqlash va (yoki) oldini olish;

Servisning sifati va qulayligini oshirish;

Foydalanuvchining shaxsini tekshirish jarayonining xavfsizligi va ishonchliligini ta'minlash;

anonim ma’lumotlar asosida statistik va boshqa tadqiqotlar o‘tkazish.

3.2. Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash ushbu Maxfiylik siyosatida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan muddat davomida amalga oshiriladi.

4. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash shartlari

4.1. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va shaxsiy ma‘lumotlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

4.2. UZINFOCOM Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish va maxfiyligini ta’minlash uchun zarur tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi.

4.3. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash faqat Foydalanuvchi rozi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Shuni inobatga olish kerakki, aks holda, Servisdan foydalanish mumkin emas.

4.4. UZINFOCOM Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini quyidagi holatlarda uchinchi shaxslarga taqdim etiladi (kerakli miqdorda):

agar Foydalanuvchi bunday harakatlarga rozilik bildirgan bo‘lsa;

Foydalanuvchining roziligi bilan Servis bilan integratsiyalashgan axborot resursiga autentifikatsiya statusi va foydalanuvchining kerakli shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi;

agar taqdim etish sud qaroriga binoan zarur bo‘lsa yoki O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa va yoki O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlarining yozma talabiga binoan.

5. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini tashqi axborot resursiga taqdim etish

5.1. Servisda Foydalanuvchiga tashqi axborot resurslariga uning shaxsiy ma’lumotlarini (Foydalanuvchining roziligi asosida) uzatish haqida quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi:

Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari taqdim etilgan axborot resursining nomi;

tashkilot - axborot resursining egasi;

Foydalanuvchining uzatilgan shaxsiy ma’lumotlari ro‘yxati.

Foydalanuvchi ko‘rsatilgan axborot resursiga qayta murojaat qilganda, Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari so‘rovsiz shaklda taqdim etiladi.

6. Siyosatni o‘zgartirish

6.1. UZINFOCOM o‘z xohishiga ko‘ra foydalanuvchining roziligisiz ushbu Siyosatga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega, shu jumladan, cheklanmagan tarzda, agar bunday o‘zgarishlar shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va Servisdan foydalanish tartibini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi o‘zgarishlar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa. O‘zgarishlar Servisda joylashtirilganidan uch kun o‘tgach, Siyosatning oldingi versiyasi o‘z kuchini yo‘qotishi bilan kuchga kiradi.

6.2. O‘zgartirishlar bilan rozi bo‘lmagan taqdirda, Foydalanuvchi Servisdan har qanday foydalanishni to‘xtatishi kerak.