1.1. Mazkur Foydalanish Kelishuvi (Keyingi o‘rinlarda – Kelishuv) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasiga muvofiq, “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM” MChJning (keyingi o‘rinlarda – UZINFOCOM) ommaviy ofertasi hisoblanadi va ushbu Kelishuv tuziladigan MyID axborot tizimi orqali taqdim etiladigan Servislardan foydalanish shartlari va qoidalarini belgilaydi.
1.2. Ushbu Kelishuvning shartlari barcha foydalanuvchilar uchun bir xildir.
1.3. Servisdan/uning alohida funksiyalaridan foydalanishni boshlash yoki ro‘yxatdan o‘tish orqali Foydalanuvchi Kelishuv shartlarini hech qanday istisnolarsiz to‘liq qabul qilgan hisoblanadi. Bunda, Kelishuv ushbu Kelishuv shartlari asosida yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi hamda Foydalanuvchi va UZINFOCOM tomonidan imzolangan hisoblanadi.
1.4. Foydalanuvchi Kelishuvning biror qoidasidan norozi bo‘lgan taqdirda, Foydalanuvchi Servisdan foydalanishga haqli emas.
1.5. UZINFOCOM ushbu Kelishuv shartlarini Foydalanuvchini oldindan xabardor qilmasdan o‘zgartirish huquqiga ega. Kelishuv shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlar ular Servisga joylashtirilgan kundan boshlab uch kun o‘tgach kuchga kiradi va bir vaqtning o‘zida shartnomaning oldingi versiyasi yo‘qoladi.
1.6. Ushbu Kelishuvda quyidagi atamalar ta’riflari qo‘llaniladi:
Servis - MyID mobil ilovasi (Android va iOS operatsion tizimlari uchun), MyID mobile SDK, MyID web SDK va MyID biometrik identifikatsiya axborot tizimining boshqa tarkibiy qismlari bo‘lib, jismoniy shaxslarga onlayn rejimda moliyaviy va boshqa Servislardan ruxsat etilgan foydalanishni taqdim etish uchun shaxsning biometrik parametrlari (yuz geometriyasi bo‘yicha) bo‘yicha identifikatsiya va autentifikatsiyani amalga oshirish imkonini beradi.
MyID egasi UZINFOCOM hisoblanadi;
jismoniy shaxs - biometrik shakldagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportiga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan va belgilangan tartibda ID-karta olgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs, shuningdek, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSHSHIR) belgilangan tartibda olgan norezident - chet el fuqarosi;
Foydalanuvchi- Internet tarmog‘i orqali Servisdan foydalanuvchi shaxs;
shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash - shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, qo'shish, ishlatish, taqdim etish, uzatish, shaxssizlashtirish va yo'q qilish bo'yicha bir yoki bir qator harakatlarni amalga oshirish;
Servisni himoya qilish vositalari - qurilma egasining pin-kodini o‘rnatish, biometrik xususiyatlari (barmoq izi va boshqalar) bo‘yicha autentifikatsiya qilishni o‘z ichiga olgan uchinchi shaxslarning ruxsatsiz kirishdan Servisni himoya qilish mexanizmlari.
2.1. UZINFOCOM jismoniy shaxslarga Servisga ulangan axborot resurslariga onlayn rejimda ruxsat etilgan kirishni olish uchun Servisdan foydalanish imkoniyatini beradi.
2.2. Servisdan faqat Foydalanuvchining qurilmasida Internetdan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lganda foydalanish mumkin (iloji boricha 256 Kbit/sekunddan kam bo‘lmasligi kerak).
2.3. UZINFOCOM O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq rasmiy bayram kunlaridan tashqari dushanbadan jumagacha sakkiz soatlik ish kuni rejimida foydalanuvchilarga ularning so‘rovlari bo‘yicha konsultativ yordamini ko‘rsatadi.
2.4. Servislar “qanday bo‘lsa, shundayligicha” (as it is) shartlarida taqdim etiladi. UZINFOCOM Servisning Foydalanuvchining aniq maqsadlari va umidlariga mos kelishiga hech qanday kafolat bermaydi.
3.1. Foydalanuvchiga quyidagi qurilmalarda Servisdan foydalanish TAQIQLANGAN:
– root huquqlari olingan bo‘lsa (root access);
– qurilma emulyatsiyasi amalga oshirilayotgan bo‘lsa (Android/iOS emulyatori yoki boshqa virtual muhit);
– tarmoq trafigini ushlab qolish yoki almashtirish (Man-in-the-Middle va boshqalar), shu jumladan soxta SSL-sertifikatlari, proksi-serverlar, snifferlar va shunga o‘xshash vositalardan foydalangan holda amalga oshirilayotgan bo‘lsa.
3.2. Ko‘rsatib o‘tilgan qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda:
– Foydalanuvchining Servisga ikirishi tiklash imkoniyatisiz darhol va butunlay bloklanishi mumkin;
– tegishli texnik va foydalanuvchi ma’lumotlari (shu jumladan IP-manzillar, qurilma va harakatlar identifikatorlari) qayd etilishi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vakolatli davlat organlari va huquqni muhofaza qilish organlariga berilishi mumkin.
4.1. Servisda ro‘yxatdan o‘tish uchun Foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining amaldagi biometrik pasporti yoki ID-kartasi seriyasini, raqamini va tug‘ilgan sanasini ko‘rsatishi yoki JSHSHIRni ko‘rsatishi kerak.
4.2. Servisda Foydalanuvchiga ushbu Kelishuv shartlari bilan tanishish va qabul qilish imkoniyati beriladi.
Foydalanuvchi ushbu Kelishuv shartlariga rozilik bermasdan ro‘yxatdan o‘tishni davom ettira olmaydi.
Ushbu Kelishuv shartlari bilan o‘z vaqtida tanishib chiqmagan Foydalanuvchi Servisdan foydalanish natijasida Foydalanuvchi uchun noqulay oqibatlar bilan bog‘liq barcha xavflarni o‘z zimmasiga oladi.
Foydalanuvchi ushbu Servisda ushbu Kelishuv shartlarini qabul qilgan holda identifikatsiya va autentifikatsiyani ta’minlash uchun uning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga rozilik beradi.
Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari ushbu Kelishuvga ilova qilingan Maxfiylik siyosati shartlariga va “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.
4.3. Ro‘yxatdan o‘tishni yakunlash uchun Foydalanuvchi mobil qurilmasida Servisga kirishni himoyalash uchun PIN-kodni o‘rnatishi kerak.
4.4. Mobil telefon raqami o‘zgargan taqdirda, Foydalanuvchi uni profilida bir martalik parol (OTP) bilan tasdiqlash orqali o‘zgartirishi mumkin.
5.1. Foydalanuvchi Servisga ulangan axborot resurslariga kirish uchun Servislardan foydalanish huquqiga ega.
5.2. Foydalanuvchi Servislardan uchinchi shaxslarning huquqlarini buzish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid maqsadlarda foydalanishga haqli emas.
5.3. Servis foydalanuvchisi quyidagilarni bajarishi shart:
– ushbu Kelishuv talablarini bajarish;
– Servisdan foydalanishda ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish, o‘zini boshqa shaxs sifatida ko‘rsatmaslik;
– .Servisga kirish amalga oshiriladigan qurilmalar va himoya vositalarining axborot xavfsizligini ta’minlash;
– Servisdan foydalanish vositalarining maxfiyligi yoki xavfsizligi buzilgan taqdirda (yoki buzilishiga shubha tug‘ilganda) UZINFOCOMga zudlik bilan xabar berish;
– Servisdan firibgarlik va boshqa noqonuniy maqsadlarda foydalanmaslik;
– alohida qoidalarga yoki umuman ushbu Kelishuvga rozi bo‘lmasa, ushbu Servisdan har qanday foydalanishni to‘xtatish.
Mazkur Kelishuvning 3-bo‘limida keltirilgan qurilmalardan ushbu Servisdan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
6.1. UZINFOCOM quyidagi huquqlarga ega:
a) quyidagi holatlardan har birida Foydalanuvchining kirish imkoniyatini bloklash orqali uning Servisga ulangan axborot resurslariga kirishini cheklash yoki Foydalanuvchini Servisga kirishdan butunlay mahrum qilish:
– Foydalanuvchi tomonidan ushbu Kelishuv shartlarining buzilishi;
– agar qonun hujjatlari yoki sud qarori talablariga rioya etish uchun talab etilsa;
– UZINFOCOMda Foydalanuvchining xatti-harakatlari UZINFOCOMga, shuningdek jismoniy va/yoki yuridik shaxslarga zarar yetkazishi mumkin deb hisoblash uchun asoslar mavjud bo‘lsa, bu ushbu Kelishuvning shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi.
Bunday harakatlarga, shu jumladan quyidagilar kiradi:
– Servis dasturiy ta’minotiga ruxsatsiz kiriah, jumladan, uni buzishga urinish;
– aldashga doir harakatlar, shu jumladan o‘zini boshqa shaxs yoki tashkilot deb ko‘rsatishga urinish;
– nomunosib dasturiy-apparat muhitidan foydalanish, shu jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda:
– Mobil qurilmalar emulyatorlarida Servisni ishga tushirish;
– olingan root-huquqlarga (rut-access) ega qurilmalardan foydalanish yoki operatsion tizimning butunligi buzilishining boshqa belgilari;
- tarmoq trafigini ushlab qolish, tahlil qilish yoki o‘zgartirish uchun texnik vositalarni qo‘llash (jumladan, Man-in-the-Middle hujumlari, soxta SSL-sertifikatlarini o‘rnatish, proksi-serverlardan foydalanish va boshqalar).
b) Foydalanuvchini oldindan xabardor qilmasdan, istalgan vaqtda Servisga ulangan axborot resurslariga kirishni vaqtincha, noma’lum muddatga yoki butunlay cheklash yoki o‘chirib qo‘yish.
6.2. UZINFOCOM quyidagilarni bajarishi shart:
- Rejali profilaktika ishlari bilan bog‘liq tanaffuslar yoki uchinchi shaxslarning aybi bilan Servis faoliyatidagi uzilishlar holatlaridan tashqari, Servis uzluksiz ishlashini ta’minlash;
– Servisdan foydalanish jarayonida Foydalanuvchilarga konsultativ yordamini ko‘rsatish;
– O‘zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish, shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya etish, shaxsga doir ma’lumotlarga noqonuniy ishlov berilishining oldini olish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy va texnik choralar ko‘rish.
7.1. Mazkur Kelishuv Foydalanuvchi tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi Servisdan foydalanish yoki Foydalanuvchini Servisda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha harakatlarni amalga oshiradi va Servis yoki Servisga ulangan ilova Foydalanuvchining qurilmasidan o‘chirib tashlangan paytdan boshlab 5 (besh) yil davomida amal qiladi.
8.1. Ushbu Kelishuvda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va ushbu Kelishuvga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
8.2. Foydalanuvchi ushbu Kelishuv shartlariga rioya qilmaganligi sababli UZINFOCOM va/yoki jismoniy va boshqa yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
8.3. Foydalanuvchi o‘zi tanlagan Servisga kirishni himoya qilish vositalarining saqlanishi va uchinchi shaxslar tomonidan foydalanilmasligi, shuningdek, mobil qurilmaning saqlanishi va xavfsizligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Bunda, Foydalanuvchining akkaunti ostidagi barcha harakatlar Foydalanuvchining o‘zi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
8.4. Servisda ro‘yxatdan o‘tish orqali Foydalanuvchi Servisdan foydalanish yoki foydalana olmaslik faqat Foydalanuvchining o‘z ixtiyoriga bog‘liqligiga rozilik beradi.
8.5. Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy va jinoiy qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘lishini tushunadi.
8.6. UZINFOCOM ushbu Kelishuv 8.7-bandining 6-kichik bandida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari, Servisning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun javobgardir.
8.7. UZINFOCOM quyidagilar uchun javobgar emas:
a)UZINFOCOM vakolati doirasidan tashqaridagi hodisalar va holatlar, shuningdek, Foydalanuvchi va/yoki uchinchi shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligi natijasida yuzaga kelgan Foydalanuvchining salbiy oqibatlari va zararlari uchun;
b) Foydalanuvchining Servisdan foydalanishi yoki Servisdan foydalana olmasligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zarar yoki yo‘qotishlar uchun;
c) agar Foydalanuvchining ma’lumotlari Servisdan uchinchi shaxslarga (qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida), Foydalanuvchining mobil qurilmasiga ruxsatsiz kirish yoki mobil qurilmadagi virusli yoki zararli dasturiy ta’minotning xatti-harakatlari natijasida ochiq bo‘lsa;
d) o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlar, shu jumladan davlat yoki sud hokimiyati organlari tomonidan qo‘yilgan taqiqlar va cheklovlar tufayli Servisdan foydalanish imkoniyati yo‘qligi uchun;
e) shaxsga doir ma’lumotlar uning aybisiz yo‘qotilganligi uchun.
f) ishdagi uzilishlar, tanaffuslar yoki Servis funksiyalarini amalga oshirish imkoniyati yo‘qligi uchun, agar bu quyidagi oqibatlarga olib kelsa:
uchinchi shaxslarning Servis dasturiy ta’minotidan ruxsatsiz foydalanishga qaratilgan xatti-harakatlari;
uchinchi shaxslarning ulangan veb-servislari ishlamasligi;
profilaktika ishlarini olib borish;
elektr ta’minotidagi muammolar, ortiqcha yuklamalar, internet va mobil aloqa operatorlari tarmog‘idagi uzilishlar;
xatolar mavjudligi, jismoniy shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlarining ma’lumotlar bazalarida Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlari dolzarb emasligi.
j) Foydalanuvchi ushbu Kelishuv shartlari, shuningdek, Servisga ulangan axborot resurslari orqali Servislarni olishda boshqa kelishuvlar yoki shartlar bilan tanishib chiqmaganligi va/yoki o‘z vaqtida tanishib chiqmaganligi sababli Foydalanuvchiga yetkazilgan har qanday yo‘qotish yoki zarar uchun javobgar bo‘ladi.
8.8. UZINFOCOM Foydalanuvchi Servisga ulangan axborot resurslari orqali Servislardan foydalanayotganda Servisdan uzluksiz yoki xatosiz foydalanishga kafolat bermaydi va bu haqda hech qanday bayonot bermaydi.
8.9. Ushbu Kelishuv Tomonlari Kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmaganlik uchun, agar bunday bajarmaslik yengib bo‘lmas kuch holatlari (Kelishuv tuzilgandan keyin favqulodda tusdagi hodisalar natijasida yuzaga kelgan, ular oldindan ko‘ra olmagan va oqilona choralar bilan oldini ololmagan fors-major) oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa, javobgar bo‘lmaydilar. Favqulodda xarakterdagi bunday hodisalarga quyidagilar kiradi: suv toshqini, yong‘in, zilzila, tuproqning cho‘kishi va boshqa tabiiy ofatlar; urush yoki harbiy harakatlar, embargo, qamal, hokimiyatning Kelishuvning bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlari.
9.1. UZINFOCOM ushbu Kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, Foydalanuvchi UZINFOCOMga yozma ravishda e’tiroz bildirish huquqiga ega.
9.2. UZINFOCOM da’voni “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda o‘n besh kun muddatda ko‘rib chiqishi shart. Da’voga javob buyurtma xat orqali, elektron shaklda yuboriladi yoki Foydalanuvchiga tilxat bilan topshiriladi.
10.1. Ushbu Kelishuvni bajarish bo‘yicha barcha nizolar va kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.